|
Assalomu alaykum, bizning mediaportalimizga xush kelibsiz. Bu mediaportalda siz ro'yhatdan o'tmasdan o'z rasmlaringizni ya'ni, hajmi 1MB dan katta bo'lmagan GIF, JPG, JPEG, PNG va BMP formatdagi fayllaringizni joylashingiz va ularni do'stlaringiz bilan ulashishingiz, forumlarda joylashingiz mumkin. Siz joylagan rasmlar reytingi va oxirgi yuklangan rasmlar mediaportalimizning quyi qismidan o'rin olgan.
Agarda mediaportalimizda ro'yhatdan o'tsangiz, unda sizni oldingizda butunlay boshqa dunyo ochiladi! Siz shaxsiy sahifangizga va o'z boshqaruv panelingizga, yuklagan fayllaringizni nomini va hajmini o'zgartirish, hamda o'zingiz fayllaringizga moslab 5 tagacha albomlar yaratish huquqiga ega bo'lasiz. Undan tashqari siz nafaqat rasm formatidagi fayllar, balki hajmi 40 MB gacha bo'lgan MP3, WAV, AVI, WMV, MP4,MPEG va 3GP formatidagi fayllarni yuklash huquqini qo'lga kiritasiz. Bular hali hammasi emas, siz boshqa ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar bilan tanishib do'stlar orttirishingiz, ichki pochta orqali bir-biringizga xabarlar yozishingiz, o'zingiz yaratgan albomlarni xohishingizga ko'ra ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilarga ko'rinadigan, ya'ni uni ommaviy va aksincha shaxsiy, faqat o'zingiz uchungina ko'rinadigan qilishingiz mumkin. Sizga fayllaringizni saqlash uchun 300 MB alohida joy ajratiladi va yana ko'plab boshqa qulayliklarga ega bo'lasiz. Biz bilan birga bo'ling va o'zingizni MEDIA dunyoingizni yarating! Ammo bizning mediaportalimizda O'zbekiston Respublikasi qonun-qoidalariga zid keladigan va ularga qarshi chiqadigan; mualliflik huquqlari bilan himoyalangan va nusxa ko'chirib tarqatilishi mumkin bo'lmagan fayllar joylash qat'ian ma'n etiladi. Yuqorida aytib o'tilgan turdagi fayllar ogohlantirishsiz o'chirib tashlanadi va bunday fayllarni joylagan foydalanuvchilar o'z hatti-harakatlariga o'zlari javobgardirlar. |
||
|
||
|

